06:21 / 20.12.2017
7 703

20 dekabr kuni mudofaa vazirligi «Bunyodkor» stadioni yaqinida harbiy texnika namoyishini o‘tkazadi

20 dekabr kuni mudofaa vazirligi «Bunyodkor» stadioni yaqinida harbiy texnika namoyishini o‘tkazadi
20 dekabr kuni soat 12:00 da poytaxtdagi «Bunyodkor» stadioni yaqinida ilk bor «Milliy armiya — jasorat, matonat va qahramonlik maktabi!» shiori ostida harbiy-vatanparvarlik aksiyasi o‘tkaziladi. Bu hadqa «Gazeta.uz»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston mudofaa vazirligi zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika namoyishini o‘tkazadi.

Harbiy xizmatchilar, shuningdek, qo‘l jangi texnikasini, maxsus texnik vositalardan foydalanish imkoniyatlarini namoyish etadi.

Harbiy orkestr va milliy estrada yulduzlari ishtirokida konsert dasturi tashkil etiladi.

Mudofaa vazirligi poytaxt ahlini aksiyada ishtirok etish uchun taklif qilmoqda. Tadbirlarga kirish bepul.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 20 dekabr kuni mudofaa vazirligi «Bunyodkor» stadioni yaqinida harbiy texnika namoyishini o‘tkazadi