15:19 / 20.12.2017
6 212

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyani «istilochi davlat» deb atadi, O‘zbekiston rezolyutsiyaga qarshi chiqdi

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyani «istilochi davlat» deb atadi, O‘zbekiston rezolyutsiyaga qarshi chiqdi
BMT Bosh Assambleyasi Ukrainaning Qrimdagi inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq vaziyat, shuningdek, yarimorolda noqonuniy ravishda «Rossiya Federatsiyasi qonunlari, yurisdiksiyasi va boshqaruvi» o‘rnatilgani haqidagi rezolyutsiyasini qabul qildi. Rezolyutsiyada Rossiya Ukraina hududini – Qrim va Sevastopolni bosib olgani qoralangan, Rossiya «istilochi derjava» deb atalgan. Ukrainaning BMTdagi maxsus missiyasi tvitterida ovoz berish natijalari e’lon qilingan.

Rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlar Rossiya hukumatining ushbu xatti-harakatlarini noqonuniy deb atadi. Hujjatda, shuningdek, yarim orolda inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq holatlar qoralanadi. Rossiya rezolyutsiyada «istilochi davlat» deb ataldi. Bosh Assambleya, shuningdek, Kiyevning «Rossiya tomonidan Qrimning bosib olinishiga nuqta qo‘yish»ga qaratilgan intilishlarini qo‘llab-quvvatladi.

Rezolyutsiya matnini Ukraina taklif qildi. Hujjatga yana 30 ta mamlakat hammualliflik qildi. Rezolyutsiyani yoqlab jami 70 ta davlat ovoz berdi. 26 mamlakat qarshi chiqdi, yana 76 mamlakat betaraf qoldi.

O‘zbekiston ham Rossiya, Xitoy, Hindiston, Shimoliy Koreya, Qozog‘iston, Armaniston, Belarus, Venesuela, Boliviya, Tojikiston, JAR, Serbiya, Kuba va boshqa mamlakatlar qatori rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » BMT Bosh Assambleyasi Rossiyani «istilochi davlat» deb atadi, O‘zbekiston rezolyutsiyaga qarshi chiqdi