09:52 / 22.12.2017
10 214

Oliy sud tarkibi o‘zgardi

Oliy sud tarkibi o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev bugun, 21 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi tarkibiga o‘zgartish kiritish yuzasidan yangi qarorni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi birinchi qismining 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

Qaror qiladi:

1. Quyidagilar:
Baxriddin Azimovich Naimov muddatsiz davrga
Dilbar Keldiyorovna Israilova o‘n yil muddatga
Janagul Ismaylovna Balkibayeva muddatsiz davrga
Mukaddas Ziyadullayevna Gulamova o‘n yil muddatga
Novruz Babakulovich Raxmanov o‘n yil muddatga
Tuygun Mamatkulovich Kurbanov o‘n yil muddatga
Xusnora Turadjonovna Xakimova o‘n yil muddatga
Shuxrat Zafarovich Saidov o‘n yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylansin.

2. Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan:
Botirali Murodovich Diyorov
Davlatmirza Kazakdjanovich Kamilov
Olim Buriyevich Xayitov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilsin.

3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi
Nig‘matilla Yo‘ldoshev
Toshkent shahri, 2017 yil 21 dekabr

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy sud tarkibi o‘zgardi