21:03 / 25.12.2017
15 615

Qaynota o‘z keliniga shilqimlik qildi. Er bunga befarqmi? (Video)

Qaynota o‘z keliniga shilqimlik qildi. Er bunga befarqmi? (Video)
“O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uzatilinadigan “Uchburchak” tok-shousining har galgi soni tomoshabinlarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. 4 yashar qizchani urgan ota voqeasini efirga olib chiqqan jurnalistlar Nozima Vohidova hamda Nilufar Umrzoqova bu safar undanda jirkanch voqeani omma muhokamasiga taqdim etdilar.

Dasturning navbatdagi sonida Toshkent shahrida istiqomat qilib kelayotgan Muxlisa ismli kelinchak bosh qahramon sifatida ishtirok etib, 64 yoshli qaynotasi unga shilqimlik qilganini so‘zlab beradi.

Kelinchakka ko‘ra, qaynotasi uni qachonlardir kiyimsiz holatdan ko‘rgan, shundan so‘ng uyi derazasidan uni poylaydigan bo‘lib qolgan. Vaqt o‘tgan sayin “iliq munosabat”ini oshkora ko‘rsatishga harakat qilgan va kelinining qo‘lidan o‘pmoqchi bo‘lgan.

Bir necha bor kuzatilgan shunga o‘xshash holatlardan so‘ng, kelinchak bor gapni o‘z oila a’zolariga, turmush o‘rtog‘iga so‘zlab bergan.

Avvalliga qaynota bo‘lib o‘tgan voqealarni rad etgan, oradan vaqt o‘tib, u barchasini bo‘yniga olgan.

Ayni damda guldek oila ajralish ostonasida turibdi. Mahalla fuqarolar yig‘ini oilani saqlab qolishga harakat qilmoqda, biroq... Kelinchak esa or-nomusi uchun kurashmoqda.

Lavhani tomosha qiling, xulosa sizdan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qaynota o‘z keliniga shilqimlik qildi. Er bunga befarqmi? (Video)