11:03 / 26.12.2017
7 403

Bugun Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketadi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketadi
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammitida ishtirok etishga hozirlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 26 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketadi.

Norasmiy yig‘ilishda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezideni Imomali Rahmon, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Respublikasi Prezidenti Serj Sargsyan, Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 4-5 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketadi