20:01 / 27.12.2017
6 393

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Usmonovga minnatdorlik bildirdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Usmonovga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga Toshkentda xonanda Enrike Iglesiasning konsertini tashkil etganligi uchun minnatdorlik bildirdi.

«Muhtaram Alisher Burhonovich, O‘zbekistonda jahon estradasining yorqin ovozi — Enrike Iglesiasning konsertini tashkil etganingiz uchun sizga ulkan minnatdorlik bildiramiz. Bizga beg‘araz asosda taqdim etilgan chiptalar davlat stipendiyalari sohiblariga aylangan iqtidorli talabalar hamda ota-onasiz talabalar orasida tarqatildi”, — deyiladi O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi maktubida.

Vazirlikning qayd etishicha, talabalar yangi taassurot va ilhomga ega bo‘ladi, bu esa madaniy-ma’naviy rivojlanish uchun muhimdir. Maktubda mazkur yordam mamlakatda xayriya ishini rivojlantirishga qo‘shilgan bebaho hissa ekanligi aytiladi.

“Ota-ona mehrisiz qolgan talabalar muammolariga befarq munosabatda bo‘lmaganingiz uchun samimiy tashakkurimizni qabul qilgaysiz”, deyiladi maktubda.

Eslatib o‘tamiz, 28 dekabr payshanba kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida ispaniyalik taniqli xonanda Enrike Iglesiasning konserti bo‘lib o‘tadi.
Bunga qadar Alisher Usmonov homiyligida Toshkentda britaniyalik xonanda Robbi Uilyams hamda ispan tenori Xose Karreras chiqish qilishgandi.

Manba: Sof.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Usmonovga minnatdorlik bildirdi