11:30 / 28.12.2017
10 185

Ostrogojskaya bilan til biriktirgan sobiq Moliya vaziri kim edi?

Ostrogojskaya bilan til biriktirgan sobiq Moliya vaziri kim edi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida Moliya vazirligi tizimini qattiq tanqid qilib, vazirni o‘zgartirishdan asosiy maqsad tizimni butkul isloh qilishdan iboratligi, rahbar o‘zgargani bilan, pastdagi “kalamushlar” hamon o‘z o‘rnida qolayotganini kuyunib gapirgan edi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Prezident Shavkat Mirziyoyev nazarda tutgan Moliya vaziri kim? Bu savol ko‘pchilikni qiynayapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Ella Ostrogojskaya vazir bilan til biriktirib, Prezidentni aldab kelgani aytilmoqda. Ostrogojskaya qaysi vazir bilan til biriktirgan?

O‘tgan bir yil ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ikki rahbar almashdi.

2016 yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Azimov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Botir Xo‘jayev vazir etib tayinlangandi.

Rustam Azimov 2005-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri, 2008 yil 22 noyabrdan 2016 yil dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari–Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari lavozimlari faoliyat yuritdi.

Moliya vazirligidan ketgan Rustam Azimov 2017 yilning iyun oyiga qadar Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishladi. Iyundan boshlab, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi Bosh direktori etib tayinlandi.

Botir Xo‘jayevga kelsak, u hukumatdan ketgani yo‘q. Iqtisodiyot vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Galina Saidova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisining o‘rinbosari kursisini egallashi munosabati bilan Botir Xo‘jayev Iqtisodiyot vaziri etib tayinlandi.

Botir Xo‘jayevning sal kam bir yillik rahbarligidan keyin uning o‘rniga Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri lavozimiga tayinlangandi.

Yuqoridagi o‘rtaga tashlangan savol jumboqligicha qolmoqda? Ella Ostrogojskaya bilan til biriktirgan Moliya vaziri kim edi? Prezident tanqid qilgan rahbar-chi? Balki, bu savollarga tez orada javob toparmiz...

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasidagi tanqiddan so‘ng, Moliya vazirligi tizimidan 562 kishi ishdan bo‘shatildi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ostrogojskaya bilan til biriktirgan sobiq Moliya vaziri kim edi?