13:31 / 28.12.2017
7 261

Samarqandda sodir bo‘lgan yong‘in tufayli bir inson halok bo‘ldi

Samarqandda sodir bo‘lgan yong‘in tufayli bir inson halok bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati o‘tgan hafta mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

2017 yilning 18 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida yashovchi Ye.Q ning uyidagi isitish pechi mo‘risining qizib ketishi natijasida yong‘in kelib chiqib, uyning 150 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

2017 yilning 20 dekabr kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi X.Q ning uyida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 30 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

2017 yilning 22 dekabr kuni Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi fuqaro A.N ning uyida yosh bolalarning sho‘xligi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 25 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida uy egasining nabiralari 2013 y.t. M.A va 2014 y.t. K.A lar kuyish tan jarohati olishib shifoxonaga joylashtirilganlar.

2017 yilning 22 dekabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida joylashgan «Alfa metall prom» MChJga tegishli eshik ishlab chiqarish sexida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, sexning 100 kv. metr maydonda ichki qismi va mahsulotlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

2017 yilning 25 dekabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro M.M ning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 290 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda sodir bo‘lgan yong‘in tufayli bir inson halok bo‘ldi