16:00 / 28.12.2017
8 848

Xayrullo Hamidov maqolasi: O‘tmish «fazli»

Xayrullo Hamidov maqolasi: O‘tmish «fazli»
Rivoyat qilishlaricha, o‘zini «aslzodaman, payg‘ambar sulolasidanman» deb da’vo qilguvchi kishi bo‘lar ekan. U namoz, ro‘zaga beparvo, beadab kishi ekan. Unga qo‘shni bo‘lib bir olim ham yashar ekan. Olim qop-qora, lablari do‘rdaygan habashiy edi. Olimning uyi doim talabalar bilan gavjum. Ko‘chaga chiqqanda ham, uyga qaytganda ham uning atrofida tolibi ilmlar. Hamisha tolibi ilmlar qurshovida izzat-ikromda yuradigan bu olimga qo‘shnining hasadi kelibdi. Payt poylab uning yo‘lini to‘sibdi.

– Ey qora xotinning o‘g‘li, qora! Ota-bobong kim edi-yu, sen kimsan?! O‘zingdan ketib qolma! Men aslzodaman, odamlar meni hurmat qilishi kerak, sendek qoravoyni emas, – deb haqoratlabdi.

Olim g‘azabnok talabalarni tinchlantirib, bosiqlik bilan unga shunday javob qaytaribdi:
– To‘g‘ri aytasan. Men qora xotinning o‘g‘li qoraman. Ota-bobolarim tutgan yo‘l noto‘g‘ri yo‘l. Shuni anglab yetib, ota-bobolarim yo‘lini tashladim. Ular ketidan yurmadim. Sening ota-bobolaring yo‘lini to‘g‘ri deb topdim. Ular ortidan ergashdim. Merosidan nasiba oldim. Ko‘rganingdek, shu darajaga yetishdim. Ammo sen bobolaring yo‘lini tashlab, mening bobolarim yo‘lidan yurding va shu ahvolga tushding.

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xayrullo Hamidov maqolasi: O‘tmish «fazli»