«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining yakunlanayotgan yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazgan so‘rovi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yil odami sifatida e’tirof etilgan.
So‘rovda mamlakatimizning barcha viloyat va hududlarida istiqomat qilayotgan turli ijtimoiy toifalar, etnik guruhlar, konfessiya va kasblarga mansub 18 dan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi, deb yozadi O‘zA.
Fuqarolarning mutlaq aksariyati (90,5 foizi) uchun 2017 yil farovonlik yili, o‘zi va oilasi hayotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bergan yil sifatida esda qoladi. Yangi yilni O‘zbekiston aholisi yaxshi, ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olmoqda. Fuqarolarning 83 foizi o‘zlarini baxtli his qilmoqda, deyiladi so‘rov natijalarida.
Respondentlarning 80 foizidan ortig‘i kirib kelayotgan 2018 yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili yanada muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?