20:20 / 01.01.2018
9 081

Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz solig‘i oshiriladi

Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz solig‘i oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrda PQ-3454 sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga binoan, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlarining aksiz solig‘i stavkalari 2,2 barobarga oshirildi.

Filtrli va filtrsiz sigaretlar uchun aksiz solig‘i har 1000 donasiga 37432 so‘mdan 84222 so‘mgacha ko‘tarilgan (o‘sish — 2,2 barobarni tashkil etadi).

Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonga olib kiriladigan tamaki va uning o‘rnini bosuvchilardan yasalgan sigaretlar (kod TN VED 2402 20) uchun aksiz solig‘i har 1000 donasiga 18,2 AQSh dollari etib belgilangan.

Tamaki va uning o‘rnini bosuvchilardan yasalgan import sigaretlar (kod TN VED 2402 20 900 0) uchun aksiz solig‘i 1000 donasiga 90 AQSh dollari etib belgilangan.

Sigaralar, ikki cheti qirqilgan sigaralar, tarkibida tamaki bo‘lgan sigarillalar uchun aksiz solig‘i stavkasi 1 donasiga 0,42 AQSh dollari darajasida qoldirildi.

Shuningdek, Prezidentning yuqorida tilga olib o‘tilgan qaroriga binoan 2018 yil 1 yanvarda respublikada ishlab chiqarilayotgan alkogol mahsulotlari, spirt va pivoga ham aksiz solig‘i stavkasi oshirilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab etil spirti uchun tayyor mahsulotning 1 dekalitri uchun aksiz solig‘i 7844 so‘m (o‘sish — 25 foiz), tabiiy vinolar uchun — 6994 so‘m (o‘sish — 10 foiz) etib belgilandi.

Boshqa vinolar uchun tayyor mahsulotning 1 dekalitriga aksiz solig‘i 12 ming so‘mgacha oshgan (o‘sish — 20 foiz), konyak uchun 73997 so‘m (o‘sish — 27 foiz), araq va boshqa kuchli alkogolli mahsulotlar uchun 67571 so‘m (o‘sish — 25 foiz), pivo uchun 7699 so‘m (o‘sish — 20 foiz) qilib belgilangan.

Spirtning hajmdagi ulushi 40 foizdan ortiq bo‘lgan konyaklar uchun aksiz solig‘i stavkasi tayyor mahsulotning 1 dekalitri uchun 121928 so‘m (o‘sish — 27 foiz), spirtning hajmdagi ulushi 40 foizdan ortiq bo‘lgan araq va boshqa alkogolli mahsulotlar uchun aksiz solig‘i 1 dekalitriga 111339 so‘m (o‘sish — 25 foiz) qilib belgilanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz solig‘i oshiriladi