13:20 / 03.01.2018
6 825

IIV shu kunga qadar nechta YPX posti faoliyati tugatilganini ma’lum qildi

IIV shu kunga qadar nechta YPX posti faoliyati tugatilganini ma’lum qildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida avtomobil yo‘llarida harakatlanish erkinligini cheklayotgan, savdo-iqtisodiy munosabatlarning hamda ichki va tashqi turizmning rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari va blok postlarning faoliyatini tugatish hamda sonini qisqartirish ta’kidlangan edi.

Respublikaning ba’zi viloyatlari o‘rtasidagi postlarning joylashuvi nafaqat fuqarolarga, balki iqtisodiyotga ham salbiy ta’sir qilayotganligi aniq raqamlar bilan ko‘rsatib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasidan ma’lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari mutaxassislaridan iborat guruhlar tomonidan muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari va blok postlarining faoliyati o‘rganilib, shu kunga qadar avtomobil yo‘llarida joylashgan jami 54 ta bunday postlarning faoliyati tugatildi. Shulardan, 21 tasini muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari, 14 tasini blok postlar va 19 tasini to‘siq postlari tashkil etgan edi. Qayd etilishicha, qolgan postlarning ham faoliyati tanqidiy qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi tugatilgan to‘siq posti
Oldingi holati

Bugungi holati

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanidagi tugatilgan muntazam YPX maskani
Oldingi holati

Bugungi holati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV shu kunga qadar nechta YPX posti faoliyati tugatilganini ma’lum qildi