13:38 / 04.01.2018
9 191

"Haftaning eng yaxshi xabari..."

"Ҳафтанинг энг яхши хабари..."
Golf bo‘yicha kichik musobaqa o‘tkazildi va g‘olib yigit katta pul mablag‘iga ega bo‘ldi. G‘alaba va qo‘lga kiritgan puldan masrur holda g‘olib uyga qaytarkan yo‘lda bir bechorahol ayolni uchratib qoldi.

Ayol g‘olib yigitga nogiron kasal farzandi borligini va uni davolatish uchun unga katta miqdorda pul kerakligini aytib yig‘lardi. Yigitning unga rahmi kelib qo‘lga kiritgan barcha pullarini shunchaki berib yubordi.

Ertasiga golf klubda do‘stlari bilan uchrashgan yigit kechagi voqeani so‘zlab berdi. Do‘stlari achinish va nadomat bilan uni tinglab u uchratgan ayol g‘irt firibgar ekanligini aytishdi.

- Uzr, do‘stim xafa bo‘lmaginu lekin u yolg‘onchi ayol, u seni pullaringni qo‘lga kiritish uchun bu ertakni to‘qib chiqqan.
- Demak, hech qanday kasal bola yo‘q ekanda? – dedi g‘olib yigit.
- Yo‘q, afsus bu hammasi yolg‘on. – dedi uning do‘sti.
- Xayriyat, - dedi yigit o‘zini bosib,- bu haftada men eshitgan eng yaxshi xabar bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Haftaning eng yaxshi xabari..."