21:02 / 04.01.2018
7 730

O‘zbekistonliklar «Palov rekordi»ni yangilashmoqchi

O‘zbekistonliklar «Palov rekordi»ni yangilashmoqchi
14 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida osh tayyorlash bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmatidan «Kun.uz»ga ma’lum qilishlaricha, shu kuni 9 tonnalik osh damlanadi.

Bu orqali surxondaryolik oshpazlar o‘tgan yilning 8 sentyabrida Toshkentda o‘rnatilgan rekordni yangilashmoqchi. O‘shanda Toshkentda 7,3 tonna hajmda palov tayyorlangan va bu mega-palov Ginnessning rekordlar kitobiga kirgandi.

Qayd etish kerakki, Denovda ham Toshkentdagi rekordni o‘rnatishda foydalanilgan ulkan qozondan foydalanishmoqchi. Tadbir tuman markazidagi stadionda o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklar «Palov rekordi»ni yangilashmoqchi