2017 yildan O‘zbekistonda 10-11 sinflar tashkil qilingani natijasida kasb-hunar kollejlarining mavjud binolaridan samarali foydalanish choralari ko‘rilmoqda.
Bugun Toshkent viloyatiga tashrif buyurgan prezidentga Oqqo‘rg‘on tumanidagi sobiq kasb-hunar kollejlari binosidan samarali foydalanish, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, hunarmandchilik to‘garaklari tashkil etish taklifi bildirilgan. Oqqo‘rg‘on qurilish va kommunal xo‘jaligi kolleji binosida yoshlarni kasbga tayyorlash va migratsiya markazini tashkil etish, tumanda tashkil etilgan «Jamoatchilik markazi», «Oqqo‘rg‘on savdo markazi» kabi loyihalar o‘rin olgan.
«Bo‘sh turgan ob’ektlarni sotishda ochiqlik va adolat tamoyillariga amal qilish zarur. Buning uchun elektron savdolarni yo‘lga qo‘yish kerak», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan prezident Matbuot xizmati.
Shu yerda tuman markazini shaharsozlik tamoyillari asosida qayta qurish, eski bozorni yangi joyga ko‘chirish va o‘rnida ko‘rkam bog‘ borpo etish, shahar bosh rejasi loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Prezident loyihalar bilan tanishar ekan, ularni takomillashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish lozimligini ta’kidlagan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan