16:28 / 09.01.2018
5 797

Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘llik bolakayning orzularini amalga oshirdi

Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘llik bolakayning orzularini amalga oshirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘llik yosh bolakayning orzusini amalga oshirdi.
Joriy yilning 5 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahriga safar uyushtirdi.

Unda Shavkat Miromonovich “Fayzli” mahallasida istiqomat qilayotgan aholi bilan uchrashib, turli masalalarda suhbat uyushtirgan edi.
Suhbatdoshlardan biri, yosh bolakay Komiljon Ismoilov Prezident bilan muloqotda orzusi “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lish ekanligini aytdi.

Shavkat Mirziyoyevning bolakayga “orzuing amalga oshdi deb hisoblayver”, deya ishonch bilan ta’kidlashi, o‘smir futbolchiga olam-olam quvonch ulashgani ayni haqiqat.
Shundan so‘ng, “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi Komiljon Ismoilov bilan bog‘lanib, uni “Bunyodkor” futbol maktabiga taklif etdi.

Buyuk futbolchi bo‘lish orzusidagi Komiljon esa “Bunyodkor” futbol klubi va stadioniga tashrif buyurdi.
“Prezidentimiz bilan uchrashuv hayotimni butkul o‘zgartirib yubordi. Yangiyo‘lda 3-4 yildan beri futbol bilan shug‘ullanib kelaman.

O‘zimning yangi qirralarimni kashf etish va yanada kuchliroq bo‘lish istagida “Bunyodkor” akademiyasida tahsil olish orzularimdan biri edi.
Hurmatli Shavkat Miromonovich, menga shunday tuhfa ato qildiki, hozirda juda baxtiyorman. O‘zim “Bunyodkor”ning ashaddiy ishqiboziman!

Jamoa tarkibidagi Rustamjon Ashurmatov va Akramjon Komilovning xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatib boraman.
O‘ylaymanki, men ham xuddi shu akalarim singari yaxshi futbolchi bo‘lib, Vatanim bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishga bor kuchim, iste’dodim bilan harakat qilaman.

Menga “Bunyodkor” futbol klubi rahbarlari aloqaga chiqishdi va jamoaga taklif etishdi. Bugundan “Bunyodkor” futbol maktabiga qabul qilindim.

Endi bor e’tiborimni futbol sir-asrorlarini o‘rganishga qaratib, bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman, - deydi yangiyo‘llik 12 yoshli Komiljon Ismoilov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘llik bolakayning orzularini amalga oshirdi