Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan "Tafsilot-press" gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari N. Ashurov Farg‘onadagi tibbiyot muassasalari va bog‘chalarda zaxira rejasida ko‘rsatilgan hajmda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yaratilmagani holatini gazetada yoritmaslik uchun 1ming 500 dollar AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan, deb xabar qilmoqda O‘bekiston milliy axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, Ashurov Farg‘ona viloyatidagi xalq ta’limi va tibbiyot muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, oziq-ovqat zaxirasini shakllantirish borasida amalga oshirilgan ishlar ahvolini o‘rganish maqsadida xizmat safariga yuboriladi. U Farg‘ona tumanidagi 32 va 3-maktabgacha ta’lim muassasalarida zaxira rejasida ko‘rsatilgan hajmda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasi yaratilmaganligi holatini matbuotda yoritmaslik evaziga tovlamachilik yo‘li bilan 1 ming 500 AQSh dollari talab qilgan.
Ashurovni qo‘lga olish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi, Farg‘ona shahar va Farg‘ona tuman bo‘limi xodimlari, Milliy xavfsizlik xizmati Farg‘ona tumani bo‘limi xodimlari jalb qilingan.
2017 yil 19 dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida N.Ashurov Farg‘ona shahridagi "Do‘stlik" mehmonxonasi yonida 800 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlangan.
Ayni kunlarda mazkur holat yuzasidan "Tafsilot-Press" gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari N.Ashurovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi "a" bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi