19:00 / 11.01.2018
7 108

O‘zbekistonda jinoyatchini tutib berganga 3 million 500 ming so‘m to‘lanadi

O‘zbekistonda jinoyatchini tutib berganga 3 million 500 ming so‘m to‘lanadi
Fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan diniy tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun moddiy va boshqa tarzda rag‘batlantiriladi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqinda qabul qilingan “Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida o‘z ifodasini topdi.

Endilikda fuqarolar va jamoat tashkilotlarining

qasddan sodir etilishi rejalashtirilayotgan yoki sodir etilayotgan ma’muriy huquqbuzarlikning oldini olishi yoxud to‘xtatishi;

tayyorgarlik ko‘rilayotgan jinoyat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi natijasida jinoyat sodir etilishining oldi olinishi;

qasddan sodir etilayotgan jinoyatni to‘xtatishi va uni to‘liq fosh etishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashishi;

fosh etilmagan jinoyat bo‘yicha uni fosh etishga ko‘maklashuvchi dalillarni aniqlashi yoki uni sodir etgan shaxslar yoxud ularning qayerda ekanligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi natijasida jinoyatning fosh etilishi;

qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv e’lon qilingan shaxsning yashiringan manzili haqida xabar berishi, uni ushlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashishi;

bedarak yo‘qolgan shaxs haqida bergan ma’lumoti asosida uning aniqlanishi;

aholi o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida faol ishtirok etishi va uni bevosita amalga oshirishi;

jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va bunga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida taklif va tashabbuslarni amalga joriy etishi kabi asoslardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda rag‘batlantirilishi mumkin.


Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirish tegishli idoralararo komissiyalar tomonidan quyidagi miqdordagi to‘lovlarni to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi:

tuman (shahar) idoralararo komissiyalari — eng kam oylik ish haqining o‘n baravarigacha;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar idoralararo komissiyalari — eng kam oylik ish haqining o‘n besh baravarigacha;

Respublika idoralararo komissiyasi — eng kam oylik ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda
.

Fuqarolar va jamoat tashkilotlarining vakillari huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq davlat mukofotlariga ham tavsiya etilishi mumkin.

Manba: UzA.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda jinoyatchini tutib berganga 3 million 500 ming so‘m to‘lanadi