11 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, Prezident devoni vakillari, hukumat a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vazirlik hamda idoralar rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori sifatida ishlab kelayotgan Abdumalik Jumanov lavozimidan bo‘shatilgan. Hukumatdagi KUN.UZ axborot manbasining aytishicha, bunday o‘zgarish diplomatiya sohasida kadrlar tayyorlash dasturini tubdan isloh qilish uchun bajarilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jumanov bundan oldin Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida ham rektor sifatida faoliyat yuritgandi. Shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori o‘tgan yildan e’tiboran vazir o‘rinbosari maqomiga tenglashtirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Bayden Ukraina va Isroilga yordam to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llab-quvvatladi