O‘zbekiston Milliy matbuot markazida juma kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot-xizmati jurnalistlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazdi, deya xabar beradi Sof.uz.
Prezident matbuot kotibi — prezident Devoni rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev faoliyatida qabul qilinayotgan Qaror, Farmon va Farmoyishlarni keng jamoatchilikka tezkor va xolisona yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot-xizmati huzurida Press xoll faoliyati tashkillashtirilganini ma’lum qildi.
«Press xollda shuningdek, prezidentimiz tomonidan Hukumatimiz, Davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari oldiga qo‘yilayotgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan OAV vakillari bilan matbuot-anjumanlari tashkil etiladi», — dedi Komil Allamjonov.
Allamjonov shuningdek, Press xoll faoliyati prezident Shavkat Mirziyoyevning «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» g‘oyasidan kelib chiqib yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi.
Endilikda O‘zbekiston Hukumati a’zolari va boshqa mansabdor shaxslar jurnalistlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berib boradilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi