11:40 / 14.01.2018
5 239

Toshkentdagi «Farhod» bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi «Farhod» bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent shahridagi «Farhod» bozorining avtomobillar ehtiyot qismlari sotishga ixtisoslashgan qismida 13 yanvar, shanba kuni yong‘in sodir bo‘ldi.
UzNews’ning xabar berishicha, yong‘in avtomobil shinalari sotiladigan do‘konda kelib chiqqan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar olovni 12:38 da o‘chirgan.

Yong‘in 5 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Yong‘in oqibatida avtomashinalarning eski shinalari butkul yaroqsiz holga kelgan.
Voqea natijasida jarohatlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi «Farhod» bozorida yong‘in sodir bo‘ldi