15:15 / 14.01.2018
6 896

Shavkat Mirziyoyev elchilarning xiyonati haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev elchilarning xiyonati haqida gapirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda elchilar ma’naviyatiga alohida e’tibor qaratdi.

O‘zingiz ayting, elchi degan odam o‘zbek xalqining boy tarixini, madaniyatini, milliy qadriyatlarini, vatandoshlarining dardu tashvishlarini yaqindan bilmasa, ularni yuragidan o‘tkazmasa, qanday qilib O‘zbekistonni dunyoga tanitishi mumkin, dedi davlatimiz rahbari. Deylik, Alisher Navoiydan, Boburdan, Abdulla Oripov, Erkin Vohidovdan ikki qator she’r ayta olmasa, eng yomoni, ona tilimizni mukammal bilmasa, qanday qilib haqiqiy elchi bo‘lishi mumkin?

Men shu ma’noda Janubiy Koreyadagi elchimiz Vitaliy Vasilevich Fenga alohida rahmat aytishni o‘zimning burchim, deb bilaman.

Bu odam shuncha yildan buyon elchilik lavozimida samarali ishlayotgani, Janubiy Koreya bilan iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarni jadal rivojlantirayotgani albatta e’tiborga loyiq, lekin uning xalqimizga juda katta hurmat bildirib, o‘zbek tilida ravon gapirishi barcha elchilarimizga o‘rnak bo‘lishi kerak.

O‘zingiz ayting, O‘zbekistonning chet eldagi elchisi bo‘lsa-yu, o‘zbek tilini bilmasa, bu xalqimizga xiyonat emasmi?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev elchilarning xiyonati haqida gapirdi