Gulnora Karimovaning sobiq xodimasi: ​“U juda qo‘rqinchli so‘kinardi”

  • 16-01-2018, 20:16
  • 4 486
  • Jamiyat
  • Gulnora Karimovaning sobiq xodimasi: ​“U juda qo‘rqinchli so‘kinardi”
    Gulnora Karimova tomonidan asos solingan O‘zbekiston madaniyati va san’ati Forumining sobiq xodimi “Asia Terra” portaliga intervyu berdi. O‘zining ismini to‘liq aytishni istamagan sobiq xodima Gulnora Karimovaning tashkiloti nima ishlar bilan shug‘ullangani va u qo‘l ostidagilar bilan qanday muomalada bo‘lgani to‘g‘risida ochiq intervyu bergan.

    Ushbu intervyuda ismini sir tutishni istagan xodima Gulnora Karimovaning juda qo‘rqinchli so‘kinishini aytgan. Parda ortidagi sirlarni ommaga chiqargan xodimaga ko‘ra, Gulnora Karimova loyihalarini amalga oshirishda odamlarni qo‘rqitish yo‘lidan foydalanib kelgan. Hatto, zargarlik buyumlarini yasatishda ham.

    Avvalroq, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi raisi Firdavs Abduxoliqov ham Gulnoraning xayriya loyihalari birovlarning puli evaziga tashkil etilgani, u Fond forum ortidan ko‘plab tadbirkorlardan pul undirganini aytib chiqqan edi.

    » » Gulnora Karimovaning sobiq xodimasi: ​“U juda qo‘rqinchli so‘kinardi”