09:00 / 18.01.2018
5 108

“Toshkent” Xalqaro aeroporti "eng xavfsiz alohida muhim ob’ekt" deb tan olindi

“Тошкент” Халқаро аэропорти "энг хавфсиз алоҳида муҳим объект" деб тан олинди
Toshkent aeroporti xavfsizlik choralari va talablariga amal qiladigan eng yaxshi alohida muhim ob’ekt deb tan olindi.

Har ikki yilda “O‘zbekiston Respublikasidagi alohida muhim ob’ektlar xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyaning tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash to‘g‘risidagi Nizomi” asosida, respublikadagi shu toifaga mansub ob’ektlar o‘rtasida muayyan nominatsiyalar bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.

2017 yil dekabr oyida o‘tkazilgan navbatdagi tanlovda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” Xalqaro aeroporti “Xavfsizlik choralari va talablariga amal qiladigan eng yaxshi alohida muhim ob’ekt” nominatsiyasida g‘olib, deb tan olindi.

Respublika idoralararo komissiyasining yig‘ilishida g‘oliblarga taqdim etiladigan Kubok va Sertifikat “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasiga tantanali ravishda topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Toshkent” Xalqaro aeroporti "eng xavfsiz alohida muhim ob’ekt" deb tan olindi