8 018
Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi: Qozog‘istondagi avtobus yonishi oqibatida 52 kishi vafot etdi
Avvalroq, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida bugun, 18 yanvar kuni “Samara-Chimkent” avtomobil yo‘lining 1068-kilometrida, Kalibay aholi punktidan 10-km uzoqlikda “Ikarus” rusumli yo‘lovchi avtobusi harakatlanish chog‘ida yonib ketgani haqida xabar bergan edik. Dastlabki ma’lumotlarda OAVlar ushbu avtobusda 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirli ushbu fojia yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Avtobus salonida 55 nafar yo‘lovchi (dastlabki ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston fuqarolari) va 2 nafar haydovchilar bor bo‘lib, ulardan 5 kishiga Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining Halokatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish markazi tomonidan tibbiy yordam berilgan, qolgan 52 kishi voqea joyida vafot etgan.
Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi xodimlari joyida yordam ko‘rsatish uchun zudlik bilan Irg‘iz tumaniga yuborildi, deyiladi TIV rasmiy axborotida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi