18:02 / 18.01.2018
7 551

Qozog‘istondagi fojiada omon qolgan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi aniqlandi

Qozog‘istondagi fojiada omon qolgan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi aniqlandi
Bugun, 18 yanvar kuni Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi va oqibatda 52 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Ushbu fojia yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy xabar bilan chiqdi.

TIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, avtobusda bo‘lgan 57 nafar yo‘lovchidan 2 nafar haydovchi Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan. Avval xabar berganimizdek, yonayotgan avtobusdan 5 nafar odam qutulib qolishga ulgurgan.

Jarohatlangan 5 nafar — 2 nafar haydovchi, 3 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ularning shaxsi aniqlandi — O‘zbekiston fuqarolari Ahror Isakov (14.04.1988 y.t.) va Isroiljon Mirzaahmedov (10.01.1980 y.t.). Qolgani Qozog‘iston fuqarolari.

Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistondan Oqto‘ba viloyatiga maxsus samolyot uchib ketishi kutilyapti. Qayd etilishicha, 52 nafar qurbonlarning orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lishi mumkin.

Oqto‘ba viloyatining favqulodda vaziyatlar departamentida viloyat akim o‘rinbosari rahbarligida tezkor shtab tuzilgan bo‘lib, «tezkor raqamlar» ishlab turibdi: +7 7132 56-29-62, +7 7132 56-68-85.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasining maxsus telefon raqamlari: + 7 777 218 20 10, el-pochta: [email protected].

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istondagi fojiada omon qolgan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi aniqlandi