18:30 / 18.01.2018
7 094

Toshkentda kelin o‘z qaynonasini kaltakladi

Toshkentda kelin o‘z qaynonasini kaltakladi
Shayxontohur tuman IIBga 16 yanvar kuni soat 13:45 da kelib tushgan xabarga ko‘ra, Ko‘ksaroy ko‘chasida yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan ayol o‘z kelini tomonidan kaltaklangan.

Toshkent shahar IIBBning “UzNews.uz”ga xabar berishicha, 2018 yilning 16 yanvar kuni Shayxontohur tumanida oilaviy janjal yuzaga kelgan.

Voqeani o‘rganish jarayonida IIB xodimlari haqiqatdan ham fuqaroga o‘z kelini tomonidan tan jarohati yetkazilgan bo‘lib, fuqaroga shu kuni tibbiy yordam ham ko‘rsatilgani aniqlangan.

Kelini tomonidan kaltaklangan qaynonaga qon bosimi oshishi tashxisi bilan ambulator yordam ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda kelin o‘z qaynonasini kaltakladi