20:10 / 18.01.2018
7 980

Namozxonlar qanday kasallikka duchor bo‘lmaydi?

Namozxonlar qanday kasallikka duchor bo‘lmaydi?
Olimlar olib borgan tadqiqotlarning natijasiga ko‘ra, besh mahal namozni ado etish Alsgeymer kasalligining rivojlanish xavfini va xotiraning zaiflashini 50 foizga kamaytirishi aniqlandi. Xuju’-xuzu bilan ado etilgan namoz qon tomirlari tizimida qon aylanishini yaxshilaydi, tanaga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Tadqiqotda jami 65 yoshdan oshgan 892 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.

Alsgeymer kasalligi miya funksiyasining so‘nishi alomatlaridan biridir. Bu kasallikka chalingan odam xuddi yosh boladek bo‘lib qoladi. Bemor bo‘lib o‘tgan voqealarni eslab qololmaydi, qaysi kunligini, haftaligini, o‘zining yoshi, turar joyini bilmaydi. Eng yomoni, bemor yaqinlarini, hatto ayoli, o‘g‘il-qizlarini tanimay qoladi. Odamlar bilan muloqot qilish qobiliyatini yo‘qotadi. Oddiy ishlarning qanday bajarilishini bilmaydi.

Kasallik rivojlanib borishi bilan chalkashishlik, ta’sirchanlik va agressivlik, kayfiyat o‘zgarishi kabi simptomlar namoyon bo‘la boshlaydi, gapirish va aytilgan gapni tushunish qobiliyati buziladi, uzoq muddatli xotiraning yo‘qolib borishi kuzatiladi, ongning susayib borishi bilan bemor ishdan, xarakatdan qoladi. Organizm faoliyatining borgan sari yo‘qolib borishi o‘limga olib boradi.

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namozxonlar qanday kasallikka duchor bo‘lmaydi?