20:43 / 18.01.2018
6 176

Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevga Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida avtobusning yonib ketishi oqibatida O‘zbekiston fuqarolarining fojiali ravishda halok bo‘lgani yuzasidan hamdardlik telegrammasini yo‘lladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda

“Og‘ir qayg‘uga hamdardman, Qozog‘iston xalqi va o‘z nomimdan halok bo‘lganlarning oilasi va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman. Jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib, o‘z oilasiga qaytishini tilayman”, deyilgan telegrammada.

Bugun, 18 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Samara – Chimkent yo‘lida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. Bu avtobusda 55 yo‘lovchi va ikki haydovchi bo‘lgan. Fojiada faqat 5 kishi tirik qolgan. Ommaviy axborot vositalarida halok bo‘lganlarning barchasi o‘zbekistonliklar ekani aytilmoqda. Hozircha marhumlarning shaxsi aniqlanmadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi