Bugun, 18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan fojia sabablarini o‘rganish uchun O‘zbekiston prezidenti topshirig‘iga ko‘ra bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida tashkil etilgan Maxsus hukumat komissiyasi ayni vaqtda Qozog‘istonda bo‘lib turibdi.
Maxsus komissiya tarkibidagi manba Kun.uz nashriga ma’lum qilishicha, ayni vaqtda avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo‘lgan 52 kishidan 30 nafarining shaxsi aniqlangan. Yaqin vaqtlar ichida shaxsni aniqlash ishlari yakunlanib, marhumlarning ro‘yxati e’lon qilinishi kutilmoqda.
Bundan avvalroq halokatdan omon qolgan 5 kishidan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum bo‘lgandi.
Ayni vaqtga kelib ularning shaxsi aniqlangan. Ular 1988 yilda tug‘ilgan Ahror Isakov va 1980 yilda tug‘ilgan Isroiljon Mirzaahmedov bo‘lib, ularning ikkisi ham Namangan viloyatida istiqomat qilishadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!