09:10 / 19.01.2018
16 958

Shahnoza Mirziyoyevaning kursdoshi: “Uning xayolida o‘zini yuqori tutish, manmansirash yoki pulga qiziqish bo‘lmagan!”

Shahnoza Mirziyoyevaning kursdoshi: “Uning xayolida o‘zini yuqori tutish, manmansirash yoki pulga qiziqish bo‘lmagan!”
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi Shahnoza Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshlagani haqida xabar bergan edik.

Ushbu xabarni saytimiz bilan bir qatorda, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga joylashtirganimizdan so‘ng, ko‘plab iliq fikrlar bildirildi. O‘z mulohazalarini bayon etayotganlar Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosati, adolatli qarorlari, xalq manfaati yo‘lidagi sa’y-harakatlari bilan odamlar ishonchini oqlagani, uning qizi ham otasining tarbiyasini olib, izidan borishini yozishmoqda. Ular orasida Shahnoza Mirziyoyeva bilan birga o‘qigan kursdoshining fikrlari e’tiborimizni tortdi.

“Juda yaxshi bo‘libdi, haqiqiy munosib kadr! Bu qiz bilan men 4 yil kursdosh bo‘lganman, u payt dadasi Bosh vazir edi. Shunga qaramasdan juda tarbiyali va aqlli qiz edi. Hozir ham shundayligiga shubham yo‘q!

Ota-onasi pastroq lavozimlarda ishlaydiganlarning farzandlari o‘qishda nimalar kilmasdiyu lekin Shahnoza, hatto, dars qoldirmasdi. Umuman, hech kimdan ajralmay, konspekt yozib kelardi, shu xarakteriga barcha o‘qituvchilar ham uni juda hurmat qilardi.

Men aminman-ki, u hozirgi lavozimida zo‘r ishlaydi. Chunki, uning xayolida hech qachon o‘zini yuqori tutish, manmansirash yoki pulga qiziqish bo‘lmagan. Ustiga-ustak judayam aqlli, shunday ob’ektiv, tashqi faktorlarga qaram bo‘lmagan inson natija berishiga aminman”, deb yozadi Shahnoza Mirziyoyevaning sobiq kursdoshi Otabek Tursunxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shahnoza Mirziyoyevaning kursdoshi: “Uning xayolida o‘zini yuqori tutish, manmansirash yoki pulga qiziqish bo‘lmagan!”