Imom Buxoriyning muborak ismi Islom olamida katta hurmat bilan tilga olinishi bejiz emas. Boisi bu ulug‘ bobomiz hadis ilmining bilimdonigina bo‘lib qolmay, ularning sahih (ishonarli) va sahih emasligini ham ajrata bilgan va bugungi kunda Qur’oni karimdan keyingi muborak kitob deya tan olingan “Sahihi Buxoriy”ni tuzgan. Mana shu ajdodimiz o‘n bir yoshida ustozi ad-Doxiliyning ilmidagi xatolikni tuzatgan ekan.
O‘zbekiston ma’rifatparvarlar jamiyatining raisi Ubaydulla Uvatovning ma’lumot berishicha, voqea quyidagicha bo‘lgan: kunlardan bir kuni o‘z davrida taniqli muhaddislardan sanalgan ad-Doxiliy toliblarga saboq berayotib, bir hadisni sharhlagan va buni “Sufyon Abu Zubayrdan, u Ibrohimdan rivoyat qilgan” deya ma’lumot bergan. Shunda shogirdi Imom Buxoriy “Abu Zubayr hech vaqt Ibrohimdan rivoyat qilmagan” deya e’tiroz bildirgan. O‘z shogirdidan bu so‘zni eshitgan ustoz dag‘allik bilan uning so‘zini bo‘ladi. Shunda shogird xotirjamlik bilan “Agar ishonmasangiz asl manbaga qarang” deydi. Ustoz manbaga qarab o‘n bir yoshli bolaning gapi to‘g‘riligiga tan beradi. Ular tashqariga chiqishgach, ad-Doxiliy shogirdidan “Ey bola, bu yog‘i endi qandoq bo‘ladi?” deya so‘raydi. Shunda al-Buxoriy hozirjavoblik bilan “Zubayr ibn Adiy Ibrohimdan rivoyat qilgan” deya javob beradi. Shundan keyin ustoz qalam olib, yozganlarini tuzatib qo‘yadi.
Shuning uchun aytishsa kerak-da: bo‘ladigan bola bolaligidan bilinadi. Imom Buxoriydek buyuk ajdodimiz bolaligida ham o‘ta zehnli va ilmli bo‘lgan ekan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi