06:04 / 21.01.2018
6 258

Ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan yangilik: Nukusda daraxt yaproqlaridan uy qurilmoqda

Ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan yangilik: Nukusda daraxt yaproqlaridan uy qurilmoqda
Tinib-tinchimas nukuslik tadbirkor-ixtirochi R.Qartbayev yana bir yangilik yaratishga qo‘l urdi, ya’ni kuzda to‘kilgan daraxt barglaridan ekologik uy barpo etmoqchi, deb xabar bermoqda O‘zA.

– Atrof-muhitimizning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri bu – kuzda daraxtlardan to‘kilgan barglar hisoblanadi. Ko‘pchilik ularni yoqib yuboradi yoki ular obodonlashtirish xizmati tomonidan shahar tashqarisiga chiqarib tashlanadi. Ikkala holatda ham tabiatga jiddiy zarar etishi hammaga ma’lum, – deydi R.Qartbayev. – Men ulardan ham foydalanish yo‘lini topdim. Ya’ni, ularni yig‘ib, ba’zi aralashmalarni qo‘shib uy qurishda foydalaniladigan bloklarni ishlab chiqara boshladim. Bunday uylar somondan ishlanadigan ekologik uylar kabi yozda salqin, qishda esa iliq bo‘ladi.

Yaqinda hokimlikdan shunday 10 uy qurish uchun yer maydoni so‘radim. Beradigan bo‘ldi. Endilikda qurilish ishlarini boshlamoqchiman. Bu uylar hozirgi uylardan bir necha barobar arzonga tushadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan yangilik: Nukusda daraxt yaproqlaridan uy qurilmoqda