07:06 / 22.01.2018
5 773

Xitoydan keltiriladigan "eng xavfli oziq-ovqatlar"ni bilasizmi?

Хитойдан келтириладиган "энг хавфли озиқ-овқатлар"ни биласизми?
Bundan o‘n yillar oldin «Xitoyda qilingan» degan yorliq kiyimlarning past sifatidan darak berar edi. Bugungi kunga kelib ko‘pchilik u yerdagi fabrikalarda ishlab chiqarilgan buyumlardan foydalanadi. Lekin oziq-ovqatlarga kelganda ishlar unchalik yaxshi emas – sifatsiz ovqatlardan zaharlanish xavfi ancha yuqori.

Baliq
Xitoy jahon bozoriga tonnalab baliq yetkazib beradi. Bu baliqlar oqova suvlarda yetishtiriladi. Ular duch kelgan narsalar, shu jumladan chiqindilar bilan ham oziqlanadilar. Ishlab chiqaruvchilar o‘sishni tezlashtirish uchun gormonlardan foydalanishdan ham toymaydilar.

Olma sharbati
Xitoy fermerlari zararkunandalar bilan kurashishda pestitsidlarni ayab o‘tirmaydilar. Hatto ular mahalliy hukumat tomonidan allaqachon taqiqlangan vositalardan ham foydalanadilar. Ishlab chiqaruvchilar bunday olma sharbati solingan idishlar yorlig‘ida faqat vitaminlar va sun’iy qo‘shimchalarni ko‘rsatishadi. Aslida esa ichimlik 200% pestitsidlarga to‘yintirilgandir.

Qo‘ziqorinlar
Qo‘ziqorinlar zaharlanish xavfi eng yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlarga kiradi. Xitoy qo‘ziqorinlarida bu xavf geometrik progressiya shaklida o‘sib boradi.

Parranda
Ekspertlar Xitoy tovuqlarini xavfsiz deb hisoblasalar ham, faqat bunga sotib oluvchilar ishonishlari juda qiyin va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini ma’qul ko‘radilar.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoydan keltiriladigan "eng xavfli oziq-ovqatlar"ni bilasizmi?