Davlat test markazi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi «Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 610-sonli qaroriga asosan 2018 yil 1 yanvardan boshlab malaka sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga sertifikatni olgandan boshlab 3 yilgacha amalda bo‘ladigan quyidagi imtiyozlar beriladi:
— chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi A2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga kirishda saralash test sinovlari ro‘yxatiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo‘yicha test sinovidan ozod etiladi va ularga chet tili fanidan maksimal ball beriladi;
— chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi B1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari majmuasiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo‘yicha test sinovidan ozod etiladi va ularga chet tili fanidan maksimal ball beriladi;
— chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirishda test sinovlari majmuasiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo‘yicha test sinovidan ozod etiladi va ularga chet tili fanidan maksimal ball beriladi;
— chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagoglari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun belgilangan maksimal ball bilan baholanadi va test sinovidan ozod etiladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda chet tilini egallash va bilish darajasini baholash uchun joylarda talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda guruhlarni tashkillashtirish, viloyatlarda test sinovlarini tashkil qilish, topshiriq shakllari va test sinovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalarga doir muhokama jarayoni ketmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?