18:15 / 22.01.2018
12 390

Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun…

Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun…
Mamlakatimizdagi har bir tuman hokimiyatlari qoshida “Yagona darcha” xizmati tashkil etilgan. Tadbirkor bo‘lmoqchi bo‘lgan barcha fuqarolar, o‘zlari tashkil etayotgan korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ushbu xizmatga murojaat qilish kerak. Korxona yoki firma ochmoqchi bo‘lgan fuqaro eng avvalo unga nom qo‘yishi kerak bo‘ladi. Agarda u yangi ish o‘rinlari yaratmoqchi bo‘lsa, korxonani ma’suliyati cheklangan jamiyat deb ro‘yxatdan o‘tkazadi. Barcha hujjatlar rasmiylashtirilgach, o‘zlariga ma’qul kelgan bank bilan shartnoma tuzib, hisob raqamiga ega bo‘ladi. Ushbu bosqichlardan so‘ng bankka kredit olish uchun murojaat qilish mumkin.

Har bir bankda kredit bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, mutaxassislar bo‘lajak tadbirkordan o‘z tavsiyalarini ayamaydilar. Tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq hozirda nafaqat yuridik, balki jismoniy shaxslarga ham kredit ajratilmoqda. Xonadonida qoramol, parrandachilik va yana boshqa xo‘jalik turi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar uchun alohida imtiyozlar belgilangan. Ularga patent ochish, biznes reja tuzish kabi qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi. Faqat o‘z yashash joyidagi mahallasidan tavsiyanoma olib kelishi talab etiladi. Ana shu hujjatlar bilan kredit olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Aholi o‘rtasida yirik tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan, o‘z korxonasini tashkil etish istagida yurgan ko‘plab fuqarolarimiz bor. Ularga yuqorida keltirilgan talablardan tashqari biznes reja tuzish tavsiya etiladi.

Manba: maslahat.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun…