[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2018-01/1516626214_00.png[/img] Poytaxtda ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga bir kub metr uchun 100 so‘m miqdorida maxsus ustama hajmi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent hokimining 12 yanvardagi qaroriga ta

  • 22 yanvar 2018, 20:50
  • 3 806
  • Jamiyat
  • [img]https://zamin.uz/uploads/posts/2018-01/1516626214_00.png[/img] Poytaxtda ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga bir kub metr uchun 100 so‘m miqdorida maxsus ustama hajmi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent hokimining 12 yanvardagi qaroriga ta
    Poytaxtda ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga bir kub metr uchun 100 so‘m miqdorida maxsus ustama hajmi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent hokimining 12 yanvardagi qaroriga tayanib xabar qiladi «Gazeta.uz».

    Nashrning eslatib o‘tishicha, o‘tgan yili tashkil etilgan Turar joy-kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manbalari sifatida ichimlik suvi xizmatlari tariflariga maxsus ustama belgilash ham kiritilgan edi.

    «Hujjatda ushbu ustama aynan qaysi iste’molchilar guruhi uchun ekani ko‘rsatilmagan, bundan mazkur ustama ichimlik suvi xizmatlaridan foydalanuvchi barcha iste’molchilarga majburiy ravishda qo‘llaniladi, degan xulosaga kelish mumkin», — deb yozadi Norma.

    Shunday qilib, hisoblash uskunasi bo‘lgan taqdirda iste’mol qilingan har kub metr sovuq suv narxi fuqarolarga 600 so‘mga (xabar e’lon qilingan sanada tarif — 1 kub metr uchun 500 so‘m) aylanadi.

    Hisoblash uskunasi bo‘lmagan taqdirda to‘lov oshirilgan 1,5 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda hisob-kitob qilinadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » [img]https://zamin.uz/uploads/posts/2018-01/1516626214_00.png[/img] Poytaxtda ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga bir kub metr uchun 100 so‘m miqdorida maxsus ustama hajmi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent hokimining 12 yanvardagi qaroriga ta