07:32 / 23.01.2018
13 618

Ichki ishlar vazirligi tizimida birdaniga 12 ta tayinlov amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirligi tizimida birdaniga 12 ta tayinlov amalga oshirildi
Bu tayinlovlar jarayonida Vazirlik tizimida jami yettita tumanda IIB boshliqlari o‘zgardi, deb yozadi uznews.uz sayti.

Podpolkovnik Mustafoyev Timur Muydinjonovich Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Alikariyev Murodilla Saydullayevich – Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi PPX brigadasi komandiri lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Rahmatullayev G‘ayratjon Toshxo‘jayevich – Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Yusupov Jasur Hikmatovich – Samarqand viloyati IIB Tashkiliy inspektorlik va axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Husenov Abdurahmon Hakimovich – Samarqand viloyati Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Halimov Akrom Hamidovich – Samarqand viloyati Urgut tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Mamedov Azamat Azimovich – Samarqand viloyati Oqdaryo tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Qo‘ziyev Sherzod Xudoynazarovich – Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mayor Haydarov Amir O‘ktamovich – Samarqand viloyati Jomboy tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mayor Saibov Jasur Yashin o‘g‘li – Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mayor Bozorov Azimjon Axatovich – Buxoro viloyati Romitan tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Torebekov Baxtiyar Ismandiyarovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar vazirligi tizimida birdaniga 12 ta tayinlov amalga oshirildi