10:44 / 24.01.2018
15 971

Toshkentda Telegram orqali mijoz "ovlagan" fohisha qizlar ushlandi (Video)

Тошкентда Telegram орқали мижоз "овлаган" фоҳиша қизлар ушланди (Видео)
Tashkiliy guruh tomonidan internet tarmoqlariga o‘zining shahvoniy, xirsni uyg‘otuvchi va behayo rasmlarini qo‘yib, bir soatga 400 ming so‘m pul evaziga jinsiy aloqa qiladigan ayol borligi aniqlandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida esa, haqiqatda ham ushbu ayolning fohishalik bilan shug‘ullanishi borasidagi ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topdi.

Tungi soat 22:30 atrofida ushbu ayol, ya’ni G‘aniyeva Zarina Abdujabborovnaning fohishalik bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Zarina Shayxontohur tumanida doimiy ro‘yxatda turib, Toshkent shahar Yashnobod tumani “Parvoz” MFY Aviasozlar-1 mavzesida, internet orqali “mijoz” topib moddiy manfaat evaziga jinsiy aloqa qilib kelganligini tan oldi.

G‘aniyeva Zarina Abdujabborovna ushbu manzildagi xonadondan, og‘zaki kelishuvga asoslangan ijara asosida foydalanib kelgan.
Xonadon ko‘zdan kechirilganda, Zarinadan boshqa yana 3 nafar ayollar borligi ham aniqlandi.

Jinoyat protsessual kodeks talabi hamda tergov siri bois yuqorida keltirilgan ism-shariflar o‘zgartirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Telegram orqali mijoz "ovlagan" fohisha qizlar ushlandi (Video)