20:28 / 25.01.2018
8 115

Prezident farmoni: 12 yillik majburiy ta’lim tizimi bugungi kun talablariga javob bermaydi va tubdan isloh qilishga muhtoj

Prezident farmoni: 12 yillik majburiy ta’lim tizimi bugungi kun talablariga javob bermaydi va tubdan isloh qilishga muhtoj
12 yillik majburiy ta’limga o‘tish natijalarini har tomonlama tahlil qilish hozirgi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi bugungi kun talablariga javob bermasligini va tubdan isloh qilishga muhtoj ekanligini ko‘rsatdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga sharhda so‘z boradi.

Hujjatda tizimdagi muammolar nimalarga olib kelgani alohida sanab o‘tiladi. Jumladan, 12 yillik ta’lim tizimi:

— kasb-hunar kollejlarini hududlarda joylashtirishga tizimli yondashish mavjud emasligi, mintaqalarda yo‘l-transport infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmaganligi o‘quvchilarning vaqti-vaqti bilan mashg‘ulotlarga ommaviy qatnashmasligiga sabab bo‘ldi;

— kasb-hunar kollejlari va ularning o‘quv ustaxonalari o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan ta’minlanganligi ilm-fan, ishlab chiqarish texnologiyalari va texnikaning rivojlanishi sur’atlaridan orqada qoldi, kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnik jihozlanishi darajasi o‘rtacha 56 foizni tashkil etdi;

— darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash va nashr etish bo‘yicha ishlar samarasiz va o‘z vaqtida moliyalashtirilmasligi kasb-hunar ta’limi tizimini yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlashda jiddiy ravishda orqada qolishga olib keldi;

— kasb-hunar kollejlaridagi mintaqalarda iqtisodiyot tarmoqlarining real ehtiyojlarini ta’minlamaydigan kadrlar tayyorlashning mavjud tizimi, mehnat bozori kon’yunkturasi va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish uchun imkoniyatlar mavjudligi hisobga olinmasdan belgilanadigan kasb-hunar kollejlariga qabul qilish kvotalari bitiruvchilarni ishga joylashtirish ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi;

— kasb-hunar kollejlaridagi amalga oshiriladigan o‘quv jarayoni, qo‘llaniladigan o‘quv-normativ hujjatlarning kamchiliklari, kasblarning murakkabligi darajasi hisobga olinmasdan ta’limning yagona muddatlari belgilanishi, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishdagi kamchiliklar olinadigan bilimlar darajasi pasayishiga va bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha bitiruvchilarga talab pastligiga, o‘qish tugallangandan keyin ish joylarida ularni qo‘shimcha ravishda o‘qitish zarurligiga olib keldi;

— aholi turli toifalarini «Hayot davomida ta’lim olish» prinsipi bo‘yicha kasbga tayyorlash tizimining zaif rivojlanganligi katta yoshdagi aholining salmoqli qismi, shu jumladan, ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan yoshlar va nogiron shaxslar mehnat bozorida talab etilmasligiga olib keldi;

— kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini tashkil etishga va o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga rasmiyatchilik bilan munosabatda bo‘lish, ularning bo‘sh vaqtini tashkil etishning samarasiz mexanizmi mashg‘ulotlarga qatnashish pasayishiga va buning oqibatida ular tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar soni ko‘payishiga olib keldi.

Farmonning sharhida qayd etilishicha, kasb-hunar ta’limi tizimidagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, ilg‘or xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, mavjud kasb-hunar kollejlarining moddiy bazasidan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlash, shuningdek, tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarga idoraviy bo‘ysunuvchi kasb-hunar kollejlarida malakali va mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholi barcha qatlamlarining ehtiyojlarini hisobga olish va bandligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida nomi keltirib o‘tilgan farmon Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 25 yanvarda imzolandi. Uning matni O‘zAda e’lon qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident farmoni: 12 yillik majburiy ta’lim tizimi bugungi kun talablariga javob bermaydi va tubdan isloh qilishga muhtoj