22:00 / 25.01.2018
9 478

Hindistonga fohishalikka qizlarni yuborayotgan “guruh” qo‘lga olindi

Hindistonga fohishalikka qizlarni yuborayotgan “guruh” qo‘lga olindi
Toshkent viloyati IIBning “UzNews.uz”ga xabar berishicha, 2018 yil 20 yanvar kuni Toshkent viloyat IIB hamda MXXning Toshkent viloyat boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida, Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turib, Qibray tumanida vaqtincha yashovchi, 29 yoshli Madina Abdullayeva o‘zining sherigi, Toshkent shahrida yashovchi, 37 yoshli Shohista Yunusova bilan, oldindan tayyorlab qo‘yilgan viza va chipta asosida Qibray tumanida yashovchi, 23 yoshli Munisa Sa’dullayevani, aeroport orqali Hindistonga yuborayotgani aniqlangan.

Oldindan til biriktirib, ular Munisani Dehli shahridagi tanishlari “Dilfo‘za” ismli shaxsning yoniga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yollab, jo‘natib yuborayotgan vaqtlarida qo‘lga olindilar.

Hozirda, Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Madina Abdullayeva hamda Shohista Yunusova va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “ye,z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat protsessual kodeks talabi va tergov siri bois yuqorida keltirilgan ism-shariflar o‘zgartirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hindistonga fohishalikka qizlarni yuborayotgan “guruh” qo‘lga olindi