09:30 / 26.01.2018
7 290

O‘zbekistonda amaldagi pasport bosqichma-bosqich muomaladan chiqariladi

O‘zbekistonda amaldagi pasport bosqichma-bosqich muomaladan chiqariladi
O‘zbekistonda xorijiy davlatlarga chiqish uchun alohida pasport bari bir joriy etiladi. Bundan avval, amaldagi biometrik pasportlar xorijga chiqish uchun foydalanishi, mamlakat ichida esa ID-kartalar joriy etilishi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.

Adliya vaziri birinchi o‘rinbosari Nodirjon Jo‘rayevning so‘zlariga ko‘ra, OVIR stikerlar 2019 yil 1 yanvardan rasman bekor qilinadi.

"Kelgusi yilning yanvar oyidan boshlab yangi xorijga chiqish pasportini olish mumkin. Amaldagi biometrik pasport esa ichki pasport bo‘lib qoladi. O‘zbekiston fuqarolarida ikkita pasport bo‘ladi. Bu OVIR stiker amal qilishi shu yilda tugaydigan bo‘lsa, yangisini olishi mumkin bo‘ladi, uning amal qilish muddati ikki yil bo‘ladi", — deb ta’kidladi Jo‘rayev Sputnik muxbiriga.

ID-kartalarini joriy etish bo‘yicha loyiha bir yilga mo‘ljallanmagan. 2018 yil uchun davlat dasturida ushbu masala batafsil o‘rganib chiqiladi.

"Davlat dasturida ID-kartalar tizimini joriy etish o‘rganib chiqish va bir qator takliflar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Masalan, qaysi yildan tatbiq etish, buning uchun nima qilish zarur, qanday normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish hamda qanday uskunalarni xarid qilish kerak bo‘ladi. Bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bir yilda emas", — deb ta’kidladi Jo‘rayev.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, bir nechta samarali mexanizmlar tufayli alohida pasport olish uchun katta navbatlarni oldi olinadi. Jumladan, Adliya vazirligi qoshida davlat xizmatlar agentligi tashkil qilindi. Ushbu agentlik 2020 yildan boshlab pasport va propiska berish sohasidagi xizmatlar ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, 2021 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston fuqarolari amaldagi biometrik pasportlar (2011 yildagi shakli) bilan vizasiz qatnov tartibi joriy etilgan davlatlarga (Ozarbayjon, Armeniya, Belarus, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya, Ukraina, Gruziya) chiqishlari mumkin.

Bundan avval IIVdagi manbaalari Sputnik tahririyatiga xorijga chiqish pasporti 48 varaqdan iborat bo‘lib, muqovasi to‘q qizil rangda bo‘lishini ma’lum qilishgan.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda amaldagi pasport bosqichma-bosqich muomaladan chiqariladi