00:20 / 27.01.2018
11 747

Farg‘ona viloyati hokimi "so‘kkani"ni tan olmadi

Фарғона вилояти ҳокими "сўккани"ни тан олмади
“Toshloqliklar”ni haqoratlagan Shuhrat G‘aniyev rasman izoh berdi va o‘ziga qarshi barcha “tanqid”larni rad etdi.

Viloyat hokimligi matbuot kotibi Abdulazizxon Abdasov “Har narsaga yetgan aqlingiz shunga qolganda oqsaydur...” nomi ostida hokimlikning internet saytida, “hokimning internetda tarqalgan nutqiga” izoh berdi.

Avvalo u bu fikrlarni avvalo viloyatning oddiy fuqarosi va viloyat hokimligining matbuot kotibi sifatida ham bildirmoqdaman.

Jumladan, muallif – “Men bir narsani aniq ayta olamanki, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Toshloqlik ushbu fojea qurbonlariga o‘z farzandiga, o‘z jigariga kuygandek qattik alamda, o‘zini ham aybdor his qilayotgani aniq!” deb ta’kidlagan.

Shuningdek, u “Shu bilan birga yig‘ilishda aytgan hamma fikrlari aslo xalqini mensimaslik, Toshloq ahlini yomon ko‘rish ham emas. Mutlaqo aksincha, nima qilib bo‘lsa ham shunday holat, shunga o‘xshash holat yana takrorlanmasligi uchun hammani hushyor bo‘lishga chaqirish, mas’uliyatni eng katta darajaga oshirish, o‘zini ham ayab o‘tirmay jon kuydirayotgani bu!” degan.

Eng qizig‘i matbuot kotibi ham toshloqliklarni “yaxshi” ko‘rmasligini isbotlab berganligini quyidagi fikrlarda ko‘rish mumkin.

- “Ko‘pxotinlik qilayotgan, xotinlarini qo‘yvorib, bolalarni tirik yetim qilib, alimentini to‘lamayotganlarni, yoki bo‘lmasa, ichki ishlar xodimlarini nohaq bo‘la turib toshbo‘ron qilganlarni qaysi birining haqqiga kim iliq gap ayta oladi o‘zi!!! Bu yerliklarning Hajga borishni taqiqlayotgani sababi ortida nima maqsad borligini, “undan ko‘ra chetga chiqib ketishga majbur bo‘layotgan muhtojlarga ber shu pulingni” demoqchi bo‘lyapti deb tushunib yetganlar ham bormi o‘zi?”.

Shuningdek, matubot kotibi jurnalistlarni “insof”ga chaqirgan. U tanganing ikkinchi tomonini ham hisobga olsak, sal insof qilsak bo‘lar edi.

Bundan tashqari Abdulazizxon Abdasov illat izlamaslikka ham chorlagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona viloyati hokimi "so‘kkani"ni tan olmadi