06:33 / 27.01.2018
9 360

Andijondan Buxoroga borib qimor o‘ynaydiganlar guruhi fosh etildi

Andijondan Buxoroga borib qimor o‘ynaydiganlar guruhi fosh etildi
Buxoro viloyati IIBning ma’lum qilishicha, “qimorxona” tashkil etgan bir guruh shaxslarni qo‘lga olingan hamda ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.

Buxoro shahar Afrosiyob ko‘chasida, sobiq Jondor avtoturargohi oldida joylashgan raqamsiz uyda, 1979 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan, Buxoro shahrida yashovchi fuqaro Amonov Amon Farmonovich tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinini tashkil qilib, mazkur xonaga qimor o‘ynash uchun o‘zining tanishlarini jalb qilgan.

IIB tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, 1971 yilda Vobkent tumanida tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganligi uchun sudlangan, Vobkent tumani, Xargo‘sh MFYda yashovchi Hasanov Umarjon Sayfullayevich hamda 1974 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, Buxoro shahar Kunjiqal’a ko‘chasi, 12-xonadonda yashovchi Davlatov Bobir Ravshan o‘g‘li mazkur xonadonga qimor o‘ynash uchun kelganligi aniqlangan.

Shuningdek, Andijon viloyatida yashovchi fuqarolar, 1992 yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Oxunboboyev MFYda yashovchi Axmedov Davronbek Madiyor o‘g‘li va 1991 yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Saroy 2 MFYda yashovchi Hamroyev Bekzod Boburjon o‘g‘illarini chaqirib qimor o‘ynayotgan vaqtlarida hududiy profilaktika inspektori va tezkor xodimlar tomonidan ushlanganlar.

Ulardan daliliy ashyo sifatida 2 pachka karta, 2 million so‘mga yaqin pullar va 150 AQSh dollari tegishli tartibda xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Yuqorida nomlari qayd etilgan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 191-moddasi 1-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi uchun sud organlariga taqdim qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijondan Buxoroga borib qimor o‘ynaydiganlar guruhi fosh etildi