17:23 / 28.01.2018
7 010

«Sirli mijoz» tashrifidan so‘ng 17 nafar adliya xodimlarining kirdikorlari fosh bo‘ldi

«Sirli mijoz» tashrifidan so‘ng 17 nafar adliya xodimlarining kirdikorlari fosh bo‘ldi
Adliya xodimlari ishini xufyona o‘rganish natijasida bu tizimning 17 nafar xodimi ishdan bo‘shatilgan, deb xabar berdi «O‘zA».

Fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi xodimlarning o‘z ishiga qanchalik halol va vijdonan yondashayotganini aniqlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan muntazam ravishda «sirli mijoz» tadbirini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Bu haqda adliya idoralarining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ma’lum qilgan.

Bunda vazirlik xodimi notarius, FHDYo idorasi yoki davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga mijoz sifatida boradi. Ulardan biror xizmat ko‘rsatishni so‘raydi. Bundan bexabar xodim esa...

«Sirli mijoz» Yangiyo‘l tumani davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga yangi korxona tashkil etish istagida borgan. Mas’ul xodim esa mijozga 400 ming so‘m olib kelsangiz, ishingiz bitadi, deb aytgan va uning qo‘liga tashrif qog‘ozini tutqazgan.

Urganch tumani davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga xorijiy korxona ochish istagida borgan «sirli mijoz» qo‘liga o‘z kuchini yo‘qotgan hukumat qarori tutqazilgan.

Ana shunday xufyona o‘rganish natijasida qo‘pol qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygan 17 xodim ishdan bo‘shatilgan.

Majlisda bunday holatlarga aslo toqat qilib bo‘lmasligi, ularga barham berish borasida barcha imkoniyatlar ishga solinishi qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Sirli mijoz» tashrifidan so‘ng 17 nafar adliya xodimlarining kirdikorlari fosh bo‘ldi