21:30 / 28.01.2018
5 132

Shahrisabzga tezyurar poyezd boradi

Shahrisabzga tezyurar poyezd boradi
Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 28 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. Ushbu tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shahrisabz shahriga ham bordi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shahrisabz shahriga tashrifi doirasida davlat rahbari Oqsaroy maydonidagi «Koba» madaniyat majmuasida viloyat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishgan. «Loyihalar iqtisodiy jihatdan rang-barang bo‘lib, barchasi aholi farovonligi va turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan», — deyiladi O‘zA xabarida.

O‘zbekiston rahbariga dastlab Qashqadaryo viloyatida 2018—2019-yillarda turizm infratuzilmasi ob’ektlarini barpo etish rejasi taqdim qilindi. Rejaga ko‘ra, 167 ta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘llib, zamonaviy mehmonxonalar tashkil etish, transport xizmatlari ko‘rsatish, dam olish va ko‘ngilochar hududlar tashkil etish, tarixiy-madaniy obidalarni ta’mirlash shular jumlasidandir. «O‘zbekturizm» kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan loyihalardan yana biri eko va etno turizmni rivojlantirish, Amir Temur tug‘ilgan maskanni turizm maskaniga aylantirishga qaratilgan.

Davlatimiz rahbari bugun dunyoda ko‘plab davlatlar bu sohani o‘zlashtirib, katta daromad olayotganini ta’kidlar ekan, yurtimizdagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Prezidentga taqdim etilgan loyihalardan yana biri Toshg‘uzor-Shahrisabz-Kitob temir yo‘lini modernizatsiya qilish va elektrlashtirishni nazarda tutadi. Loyihaga ko‘ra, Shahrisabz shahrigacha tezyurar poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yiladi. O‘zAning xabarida loyihaning qiymati, ijrochilari va amalga oshirish muddati haqida ma’lumot berilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shahrisabzga tezyurar poyezd boradi