07:32 / 29.01.2018
7 855

Farg‘ona viloyat hokimi Facebook’da o‘ziga boshqa akkaunt ochishga majbur bo‘ldi

Farg‘ona viloyat hokimi Facebook’da o‘ziga boshqa akkaunt ochishga majbur bo‘ldi
Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev 2018 yil 25 yanvar kuni Facebookda yangi sahifa ochdi.
Yangi sahifa ochilishiga hokimning 2018 yil 23 yanvar kuni o‘zi o‘tqazgan selektor yig‘ilishda Aqto‘be qurbonlari va Toshloq tumani aholisini «haromilar» va boshka yomon so‘zlar bilan haqorat qilgani sabab bo‘lishi mumkin.

Birinchi Fayzbog.UZning «Haromi» maqolasida, keyin KUN.UZning «Hokim fuqarolarning konstitutsion huquqlarini cheklab, ularning Hajga va Rossiyaga borishini taqiqladi» nomli maqolada va keyinchalik boshqa qator mahalliy va xorijiy axborot vositalarida e’lon qilingan audioyozuv hali hamon jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lib kelmoqda.

Shuhrat G‘aniyevning Facebokdagi eski sahifasi devorida fuqarolar tomonidan hokim nomiga yozilgan keskin bayonotlarni ko‘rish mumkin.
Yangi sahifadagi hokim do‘stlari ro‘yxati ichida uning harakatlarini oqlashga uringan jurnalist — Gulbahor Said G‘ani, va «Ferganskaya pravda» gazetasining rasmiy sahifasi ham bor.

P.S. Fargona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Aqto‘be qurbonlari va Toshloq tumani aholisini so‘kkanligini tan olmasdan kelmoqda va hech kimdan uzr so‘ramasligini ham ma’lum qilgan.
Mirzo Subhanov


Manba: fayzbog.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona viloyat hokimi Facebook’da o‘ziga boshqa akkaunt ochishga majbur bo‘ldi