20:58 / 30.01.2018
9 582

Samarqand shahrida Islom Karimov maqbarasi ochildi (foto)

Samarqand shahrida Islom Karimov maqbarasi ochildi (foto)
Samarqand shahrida Islom Karimov maqbarasi ochildi. Majmuaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabaringiz bor, Birinchi Prezident, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov o‘z vasiyatiga ko‘ra, Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasi yonida dafn etilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda Islom Karimovning davlat va xalq oldidagi buyuk xizmatlariga munosib ulug‘vor maqbara majmua bunyod etildi.

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilib, Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on tilovat qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga ham gul qo‘ydi.
Shu kuni Forumlar majmuasida elga ehson oshi tortildi.

Foto: «President.uz»


Foto: «President.uz»


Foto: «President.uz»


Foto: «President.uz»

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand shahrida Islom Karimov maqbarasi ochildi (foto)