14:42 / 31.01.2018
5 079

“Nexia” avtomashinasi “GAZ 5327” rusumidagi avtomashinaga borib urildi

“Nexia” avtomashinasi “GAZ 5327” rusumidagi avtomashinaga borib urildi
28 yanvar kuni soat 20:00da “Nexia” avtomashinasi “GAZ 5327” rusumidagi yuk tashuvchi avtomashinaga borib urildi va YTH natijasida ikki yo‘lovchi vafot etdi, deb yozmoqda uznews.uz.

Ichki ishlar vazirligi Tergov departamentining xabariga ko‘ra, voqea Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Chorjo‘y hududidan o‘tuvchi M-37 yo‘lining 9-kilometrida sodir bo‘lgan.

1989 yilda tug‘ilgan “Nexia” avtomashinasining haydovchisi, o‘zining qo‘l telefonini zardga qo‘ymoqchi bo‘lgani sababli chalg‘iydi hamda buning natijasida u boshqaruvni yo‘qotib, yuk mashinasiga borib urildi.

YTH natijasida 4 ta yo‘lovchi jarohat oldi hamda 2 nafar yo‘lovchi Samarqanddagi shifoxonada vafot etdi.

Bu holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB Tergov boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Nexia” avtomashinasi “GAZ 5327” rusumidagi avtomashinaga borib urildi