15:55 / 31.01.2018
13 973

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tayinlandi
Ixtiyor Abdullayevning MXX raisi lavozimiga tayinlanganidan so‘ng, uning o‘rniga Otabek Murodov Bosh prokuror bo‘ldi.

Otabek Murodov prokuratura va adliya organlarida faoliyat olib borgan.

Otabek Murodov 2002 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining O‘ta muhim ishlar bo‘yicha jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasida tergovchi lavozimida faoliyat olib borgan.

Aynan 2002 yilning 28 avgust kuni Otabek Murodov “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.

Otabek Murodov 2013 yilda Adliya vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

O.Murodov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tayinlanishiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tayinlandi